O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasi bilan Laboratorio Permanente izlanishlari natijasi asosida ishlab chiqilayotgan “Tashkent Modernism” mobil ilovasi modernizm davriga mansub 21 ta binoni onlayn marshrutga birlashtiradi. Ilova shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilab beruvchi afsonaviy binolar bilan ilk bor tanishish yoki ular haqida batafsilroq maʼlumotga ega bo‘lishni xohlovchi Toshkent aholisi va shahar sayyohlari uchun moʻljallangan.
Marshrut istagan yoshdagi va me’morchilik bo‘yicha bilim darajasida turlicha bo‘lgan sayyoh va shahar tadqiqotchilariga mos keladi. GPS navigatsiyasi sharofati bilan ilova foydalanuvchining jo‘g‘rofiy joylashuvini aniqlab, yo‘nalish bo‘ylab sayrni eng yaqin nuqtadan boshlashni taklif etadi. Me’morchilik durdonalari bilan tanishish Jamg‘arma jamoasi va me’morchilik bo‘yicha tadqiqotchi Boris Chuxovich tomonidan toʻplangan keng koʻlamli tadqiqot materiallari asosida binolarning hozirgi va arxiv fotosuratlari, tarixi va meʼmoriy xususiyatlari haqidagi matnlar virtual sahifalarda sodir bo‘ladi.
Har bir binoga doir tafsilotlardan iborat sahifalardan tashqari, mobil ilovasi interfaol xaritada marshrutni ko‘rish hamda Toshkentdan olisda bo‘lganlar uchun ham tarixiy ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beradi.
O‘zining anoyi va foydalanuvchilar uchun qulay ko‘rinishi bilan “Tashkent Modernism” modernizm me’morchiligi bilan tanishish va O‘zbekiston poytaxtidagi diqqatga molik inshootlar haqida ko‘proq ma’lumot olishni ixohlovchilar uchun ajoyib dastyor bo‘ladi.