Sanalar: 2023-yil 18–19-oktabr
Davlat san’at muzeyi, Toshkent shahri Amir Temur shohko‘chasi, 16-uy
Barcha yig‘ilishlar ingliz tilida olib boriladi, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima qilinadi. Barcha sho‘ba munozara va ma’ruzalarning videosi Jamg‘armaning YouTube kanalida https://www.youtube.com/@acdfuz.’da havola etiladi. Xabar va yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun Instagramda @tashkentmodernism sahifasiga obuna bo‘ling.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent modernizm me’morchiligini asrab-avaylash masalalariga bag‘ishlangan ilk konferensiyani o‘tkazmoqda. 2023-yilning 18–19-oktabr kunlari merosni tadqiq etish va muhofaza qilish boyicha “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasi doirasida “Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir loyiha rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli me’mor va tarixchi Jan-Lui Koen (1949–2023) xotirasiga bag‘ishlanadi.
Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad Toshkentning modernistik merosini yoritib berishdan iboratdir. Tadbir, shuningdek, shahar me’moriy merosini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani amalga oshirish uchun jahon tajribasini jamlash va fikr almashishni rag‘batlantirishga undaydi. Konferensiya dasturi modernizm merosini asrab-avaylash bilan bog‘liq keng ko‘lamli mavzularni o‘z ichiga oladi.Ilmiy bahs-munozaralar jamoat joylaridan foydalanishni qayta anglash, Toshkent shahrining YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi bilan bog‘liq imkoniyat va murakkabliklarni ko‘rib chiqish imkonini beradi, shuningdek, me’morchilik tarixini tanqidiy qayta ko‘rib chiqishda madaniyat muassasalarining rolini o‘rganishga hissa qo‘shadi.
Konferensiyaning “Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” degan nomi 2000-yilda Amerika arxitektorlari instituti tomonidan tashkil etilgan muhokamalarga ishora qiladi. O‘shanda u tadbir “Chikago dunyoning qayerida joylashgan?” deb nomlanib, zamonaviy me’morchilik tarixida nihoyatda alohida o‘rin egallagan shahar me’morchiligi holatiga bag‘ishlangan edi. Toshkent konferensiyasi ushbu tadbirga iqtibos qilib, O‘zbekiston poytaxtini modernistik harakatga salmoqli hissa qo‘shgan dunyoning boshqa shaharlari bilan bir qatorga qo‘yishga intiladi.
Toshkent modernizmining eng diqqatga sazovor binolaridan biri, konferensiya arafasida qisman ta’mirlanadigan O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi anjumanning o‘tkazish maskaniga aylanadi.