Konferensiya bilan bir vaqtda ikki yillik tadqiqotlar sarhisobi boʻlgan “Tashkent Modernism.Index” koʻrgazma loyihasi ham ochiladi. Ilk bor ko‘rgazma 2023-yilning aprel oyida Milan Triennalesi makonida taqdim etilgan edi. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan tomoshabinlarga Armin Linke tasvirga tushirgan zamonaviy fotosuratlar hamda modernistik yodgorliklarga oid tadqiqot talqinlari va ularni muhofaza qilish strategiyalarini kashf etuvchi arxiv hujjatlari taqdim etilgan edi. Toshkentdagi “Tashkent Modernism.Index” taqdimoti O‘zbekiston Davlat san’at muzeyidagi sara to‘plamlardan iborat 1960–80-yillardagi arxiv hujjatlari va san’at asarlari bilan boyitilib, tashrif buyuruvchilarga mazkur davr madaniyati va me’morchiligiga beixtiyor sho‘ng‘ish imkonini beradi.
Tadqiqotchilar tomonidan saralab, tanlab olingan 20 ta shahar binosining tasvir va hikoyalari namunalari asosida ko‘rgazma Toshkentning me’morchilik, ijtimoiy va madaniy tarixi hamda madaniy meros obidalarining bugungi holati bilan bog‘liq birlamchi mavzularni tadqiq etadi. Toshkentning sovet modernizmi Markaziy Osiyoni sovetcha zamonaviylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini muvofiq tarzda aks ettirishga qodir betakror badiiy, madaniy va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lgan. Loyihada sovet ijtimoiy-madaniy eksperimentining mustamlakachilik, postkolonial va shu bilan birga dekolonial jihatlari aks ettirilgan. II Jahon urushidan so‘ng Toshkent shahri sho‘rolar Sharqining poytaxti, sotsializmning Sharqdagi peshtaxtasi etib belgilanadi. Toshkent modernizmining betakrorligi me’morchilikda sotsialistik Sharqni gavdalantirish ishtiyoqi bilan mahalliy va moskvalik meʼmorlarning mahalliy madaniyatni o‘ta nozik va nafis anglash istagi oʻrtasidagi ziddiyat zamirida yotadi.
“Tashkent Modernism.Index” ko‘rgazmasi o‘zaro chambarchas ikki qism: Armin Linke fotosuratlari hamda modernizm yodgorliklarini asrab-avaylashga oid tadqiqot talqinlari va strategiyalarini atroflicha asoslab beruvchi arxiv hujjatlaridan iborat. Ikkinchi qism tadqiqot materiallari, tahliliy va saqlash jarayonlaridan iqtiboslar keltirilgan parchalardan iborat arxiv hisoblanadi. Muayyan binoning holatidan kelib chiqib sovet modernizmini tushunish uchun asosiy mavzular kashf etiladi: markaz va chekka hududlar o‘rtasidagi munosabatlar; muassasalarning roli; tipologik, texnologik va moddiy tajriba-sinovlar; respublikalar o‘rtasidagi raqobat; mafkura, sharqshunoslik, mustaqillikdan keyingi evrilishlar hamda hozirgi holat. Arxiv, shuningdek, Toshkent shahri uchun maxsus ishlab chiqilgan madaniy merosni saqlash strategiyalari repertuarini yaqqol aks ettiradi.
“Tashkent Modernism.Index” ko‘rgazmasining muhofizi Yekaterina Golovatyuk, me’mor, “Grace” byurosi hammuassisi, “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasining muvofiqlashtiruvchisi