TASHKENT MODERNISM. INDEX

“Turkiston” saroyining maydoni

Me'morlar:

Valeriy Akopjanyan, Yuliya Zakirova-Akopjanyan

Qurilish davri: 1993

Manzil: Yunusobod tumani “Qashqar” mahallasi

Maqom: unprotected

Anhor daryosi sohilidagi ochiq teatr pavilonining asl modernistik shakli zamonaviy sharoitda xalq teatri usulining rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishni nazarda tutiladi.

ARXIV FOTOSURATLAR

“Turkiston” saroyining maydoni
“Turkiston” saroyining maydoni

“Turkiston” saroyining yozgi maydoni 1865-yilgacha mustahkam qoʻrgʻon “Oʻrda” joylashgan hududda quriladi va u yerdan Qoʻqon gubernatori Toshkentni chor Rossiya bosib olingancha boshqaradi. 1937-yildan keyingi Toshkentning sovet bosh rejasida sobiq “Oʻrda” hududi Anhor daryosi boʻylab oʻtgan va shaharning shimolidan janubiga choʻzilgan yashil belbogʻning bir qismi sifatida koʻrib chiqiladi. Ushbu yashil hududda “Turkiston” saroyi va ochiq Maydon qurilishi avtomagistral va Navoiy ko‘chasi o‘rtasida ajoyib madaniy funksiyalar berib, bog‘ muhitini jonlantiradigan hududni barpo etadi.

Loyiha ustida ish 1981-yilda boshlangan. Shu vaqtda me’morlar Valeriy Akopdjanyan va Yuliya Zakirova-Akopdjanyan bog‘ning markazida to‘rtta simmetrik joylashgan konsol stendlari bo‘lgan ochiq teatr pavilyonini qurishni taklif qilishadi. Inshoot o‘rtasida kvadratning diagonal o‘qlari bo‘ylab, sahna ustidagi balandlikda metall konstruktsiyasi bog‘langan to‘rtta ustun tayanchlari mavjud edi. Ushbu struktura ikkita funktsiyani bajarardi: konstruktiv nuqtai nazardan, u qo‘llab-quvvatlovchi ustunlarni bog‘lardi va strukturaga qat’iylik berardi; funktsional jihatdan esa u yoritish moslamalari va boshqa maxsus jihozlarni joylashtirish uchun xizmat qilardi.

Arxitektorlar oldiga qo‘yilgan vazifa ochiq maydon va o‘ziga xos sahna sharoitlarini talab qiluvchi an’anaviy O‘rta Osiyo tomosha turlarini o‘zida jamlay oladigan yangi tipdagi teatr yaratish edidir. Ilgari bunday tomoshalar, asosan, maxsus shart-sharoit va sahnaga ega bo‘lmagan bozorlarda o‘tkazilganligi sababli, bunday xalq teatrini yaratish uchun arxitektura namunalari bo‘lmagan.

Biroq, loyiha to‘xtab qo‘ladi va faqat 1990-yillarning boshidagina Turkiston saroyi qurilishi tugallangach yana tiklanadi. Sahna tepasida joylashgan to‘rtta ustunning kvadrat tarkibini saqlab qolgan holda, mualliflar to‘rtta tribunani daryoga tushadigan yarim doira shaklidagi amfiteatr bilan almashtirdilar. Kompozitsiya o zining simmetriyasini yo‘qotib, yanada egiluvchan bo‘lib, relyef va shaharsozlik kontekstiga uyg‘unlashadi. Qurilish tugallangach asosan Mustaqillik kunini nishonlash maydoni sifatida foydalaniladi. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tib, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida shu maqsadda yana bir maydon barpo etilgach, majmuadan bu maqsadda foydalanish soni kamayadi. Bugungi kunda maydon nisbatan asl holatini saqlab qolgan.

Zamonaviy suratlar

“Turkiston” saroyining maydoni
“Turkiston” saroyining maydoni
“Turkiston” saroyining maydoni
“Turkiston” saroyining maydoni