Mustaqillik maydonidagi favvora
ARXIV FOTOSURATLAR
Poytaxtning markaziy maydonidagi favvora 1967-yilda, Toshkentdagi vayronkor zilziladan bir yil o‘tib qurilgan. Mazkur favvora o‘sha paytda V.I. Lenin nomidagi maydon deb atalgan maydonning janubiy qismida joylashgan Hukumat (sobiq O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi)ning yangi binosi qurilishiga rahbarlik qilgan me’mor Boris Mezensev tomonidan loyihalashtirilgan.
Sobiq ittifoq parchalanganidan keyin ushbu maydon “Mustaqillik maydoni” deb oʻzgartirildi.
Favvora hozirgi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi binosiga yaqin joyda joylashgan bo‘lib, shahardagi eng mashhur jamoat joylaridan biri hisoblanadi.
2019-yildan 2021-yilgacha u keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari uchun yopildi, natijada marmar qoplamasi yangilandi va pastki qismi yangi qadama naqsh bilan bezatildi. Umuman olganda, qurilma o‘zining asl xususiyatlari va asosiy vazifasini saqlab qoldi: issiq havoda shahar aholisi bu erga favvoraning kuchli oqimlari va uning keng suvli silliq yuzasida salqinlash uchun yig‘iladi.
Toshkentning bosh maydonidagi modernizm majmuasi, jumladan, Hukumat (sobiq O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi)ning binosi, boshqa binolar va pog‘onali favvorani obodonlashtirish O‘zbekistonda 50 – 60-yillardan keyingi me’morchilik rivojida muhim hodisa bo‘ldi va uning keyingi siymosida sezilarli iz qoldirdi.
Matn “Alerte Heritage” xalqaro observatoriyasi tomonidan “O‘zbekiston me’morchikigi: qora va qizil kitob” loyihasi uchun tayyorlangan materialdan moslashtirlgan.
Zamonaviy suratlar