Fransiya madaniyat markazi va Milliy restavratsiya markazi
ARXIV FOTOSURATLAR
Sobiq ittifoqda sayyohlik yo‘nalishlari va xorijiy sayyohlar hamda mahalliy aholi o‘rtasidagi aloqa qat’iy tartibga solingan. Faoliyatining birinchi yillarida Madaniy-axborot markazi deb ham atalgan respublika “Sayyohlar uyi” xorijlik sayyohlar Oʻzbekiston madaniyati va sovet jamoatchiligi vakillari bilan tanishish mumkin boʻlgan institutsional maydon sifatida yaratilgan edi.
1975-yilda boshlangan loyiha ustidagi ishlarga toshkentlik arxitektor Vladimir Narubanskiy boshchilik qilgan. Mazkur majmua suzish havzasi va sopol haykalchali hovli bilan bog‘langan jamoatchilik va ma’muriy hududlardan iborat edi. Birinchi qavatning kiraverishi (foyesi) orqali auditoriyaga kirish mumkin bo‘lgan. eja bo‘yicha cho‘ziq (oval) zal 600 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, sahna va ekranning eng qulay ko‘rish burchagiga ega eng ko‘p o‘rindiqli bo‘lib, geometriyasi bilan ajralib turar edi. Zal konferensiyalar, ommaviy yig‘ilishlar, kamera spektakllari va filmlar namoyishi uchun joy sifatida faoliyat yuritishi mumkin edi.
Obyektni loyihalash ishlari iqtisodiy turg‘unlik sharoitida amalga oshirildi va shuning uchun, ko‘pincha, dastlab mo‘ljallanganidan ko‘ra, arzonroq materiallardan foydalanishga to‘g‘ri keldi: xususan, naqshli panjarani geometrik jihatdan quyoshdan himoya qiluvchi soddaroq tuzilma bilan almashtirish kerak edi. Shu bilan birga, hech bo‘lmaganda buyurtmachi sabab mualliflar “Inturist” tizimidagi xorijiy va, hatto, G‘arbiy Evropa pardozlash materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi, bu esa turfa xillik va betakrorlikni kasb etdi.
Bino 1986-yilda qurilgan va buyurtmachiga topshirilgan. Bu vaqtda mamlakatda ijtimoiy o‘zgarishlar allaqachon ro‘y berayotgan bo‘lib, tez orada sobiq sovet iqtisodiy va siyosiy tizimining qulashiga olib keldi. Chegaralarning ochilishi bilan “Sayyohlar uyi” qurilishining asosiy maqsadi – xorijlik sayyohlar, Toshkent shahri aholisi va ijodiy hamjamiyatlari o‘rtasidagi aloqani nazorat qilish hamda mavkuraviy tozalash eskirib qoldi, bu esa binoning yo‘nalishini o‘zgartirishga olib keldi. Uning ma’muriyati yangi muassasa faoliyatini turli madaniy tadbirlar, masalan, festival va badiiy filmlar namoyishi bilan to‘ldirishga harakat qildi.
Ko‘p yillar davomida binoning turli qismlari yaroqsiz holga kelib qolgan. Binoning yangi sohiblari tomonidan quyoshdan himoya qiluvchi asl panjaralar olib tashlandil va g‘arbiy fasad qora tusdagi oyna bilan qoplandi. Majmuaning alohida elementlari – cho‘ziq (oval) zalning fasad qoplamasi, hovli devorlarining qoplamasi, shuningdek, hovlining ko‘kalamzorlashtirilishi asliga yaqin holatda saqlanib qolingan.
Hozir ushbu Toshkent modernizm yodgorligi rekonstruksiya qilinmoqda, shundan so‘ng u yerda Fransiya madaniyat markazi va Madaniy meros obyektlari va san’at ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi ochiladi. Har ikki muassasa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ularning idorasi, shuningdek, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya idorasi ham ushbu binoda joylashadi.
Me’mor Yekaterina Golovatyuk boshchiligida Milandagi “Grace” studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rekonstruksiya loyihasi majmuaning hajmli-makon tuzilishini saqlab qolish vazifasini o'z oldiga qo‘yadi. Binoning kiraverish (foye) va teatr kabi jamoat joylari shahar aholisi xotirasida qanday saqlanib qolingan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda saqlab qolinadi. Zalda aylanib turadigan sayhna o‘rnatiladi, bu uning konfiguratsiyasini o‘zgartirish imkonini beradi, yuqoridan pastga tushiriladigan ekran o‘rnatilib, o‘rindiqlarning qulayroq qilib joylashtirilishi natijasidai o‘rindiqlar soni 400 tagacha qisqartiriladi.
Ma’muriy makonlarning me’morchiligiga aralashuvlar yanada hal qiluvchi bo‘ladi. Binoning Sharqiy qismi butunlay qayta quriladi – u ikki metr chuqurlashadi, bu esa shiftlarni restavratsiya laboratoriyalari uchun zarur bo‘lgan balandlikka ko‘tarish imkonini beradi. Yangi blokning butun hajmi shaffof bo‘ladi, bu esa tashrif buyuruvchilarga restavratorlar ishini kuzatish imkonini beradi. Bino tashqi tomonlari (fasad)ning uch tomonidan shisha tolali panjara bilan “o‘ralgan” bo‘lib, u quyoshdan himoya qilish vazifasini bajaradi, shuningdek, binoning eski va yangi qismlarini birlashtiradi.
Loyiha, shuningdek, obodonlashtiriladigan va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lgan tom maydonidan faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Unda tadbirlar uchun foydalaniladigan yangi pavilon paydo bo‘ladi. Bino atrofidagi mavjud daraxtlar saqlab qolinadi, obodonlashtirish ishlari olib boriladi, shuningdek, Qizilqum cho‘lining timsoli sifatida naqshlar solingan tosh plitali yangi qoplama o‘rnatiladi.
Zamonaviy suratlar