Markaz-7 kichik tumani
ARXIV FOTOSURATLAR
1966-yilgi vayronkor zilziladan so‘ng Sovet Ittifoqinining barcha hududlaridan kelgan me’mor va quruvchilar Toshkentni tiklashga yordam berishadi. Maxsus uyushma komissiyasi tuziladi, uning maqsadi namunali seriyalar asosida sanoat uy-joylarini tez va tejamkor qurish edidir.
Shaharning ba’zi yangi kichik tumanlari sezilarli darajada boshqalardan farq qilar edi: bu Ukraina me’morlari va quruvchilari tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan Markaz-7 kvartali hamda Muskovitlar tomonidan qurilgan Markaz-1, 2, 4, 5 va 6; va leningradliklar loyihasi bo‘yicha qurilgan Markaz-13 kvartallari. Boshqa hollarda, kichik tumanlarning loyihalari Toshkentda yaratilib, binolarning loyihalari esa boshqa respublikalarda ishlab chiqiladi va Chilonzor B-24 kvartal misolida ushbu respublika vakillari tomonidan barpo etiladi. Ba’zi respublikalar shunchaki o‘zlarining quruvchilari va jihozlarini jo‘natishadi.
Boshqa respublikalardan kelgan me’morlar tomonidan loyihalashtirilgan kichik tumanlar Toshkentda va ba’zi hollarda Moskvada sinovdan o‘tkaziladi. Masalan, “Ukraina kvartali” nomli Markaz-7 atrofida ko‘plab mutaxassislar va muassasalar ishtirokida jiddiy muhokama boshlanadi. Toshkentlik meʼmorlar bu yerda koʻproq qavatli va yaxshilangan sxemali tajriba uylarini qurishga intilishgan, ammo Moskva bunga ruxsat bermasdan, qurilish zichligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar beradi. O‘z navbatida, toshkentlik me’morlar ukrainalik hamkasblari tomonidan taklif etilgan xonadonlar joylashuvini tanqid qilishadi, buning natijasida kichik tumandagi turli tipdagi xonadonlar o‘rtasidagi mutanosiblik sezilarli darajada o‘zgaradi: 4 xonali xonadonlar soni kamaydi, lekin 2- va 3 xonali xonadonlar maydoni kengayadi.
Qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi. Avvalo, 4 qavatli binolar barpo etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar va maktab muassasalari maydoni, shuningdek, savdo va jamoat markazi quriladi. Kichik tuman har biri 280 o‘rinli uchta bog‘cha, o‘yin maydonchalari va alohida sinf xonalari bo‘lgan 2600 o‘rinli maktabni o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqichda 9–12 qavatli binolar quriladi. Ko‘p qavatli binolar namunasini Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab uchratish mumkin. Bu yerda to‘qqiz qavatli to‘rtta bir xil inshootlar joylashgan va ularning har biri parallelepipeddan iborat bo‘lib, har tomondan lodjiyali galereyalar va quyoshdan himoya qiluvchi panjaralar bilan o‘raladi. Har bir qavatda sakkiztadan bir va ikki xonali xonadonlar mavjud.
Markaz-7 kichi tumanini rivojlantirishda ko‘plab eksperimental echimlar qo‘llaniladi. Kievdan kelgan me’morlarining taklifiga binoan loyiha yozda sovutilgan havoni etkazib berish uchun isitish tizimidan foydalanish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, suv havzalari va favvoralar tizimi, Ukraina florasini ifodalovchi manzarali daraxtlarni ekish ham nazarda tutiladi.
“Xalqlar doʻstligi” sovet mafkurasini oʻzida mujassam etgan tuman qiyofasi Oʻzbekiston va Ukraina me’morchiligining uygʻunlanishi ko‘rsatish ko‘zda tutiladi. Ukraina SSRning yuqori martabali amaldorlaridan biri ta’kidlaganidek, “o‘zbek va ukrain xalqlarining uzilmas qardoshlik rishtalari beton, kulolchilik va obodonlashtirishda mujassam bo‘ladi”.