Oʻzbekiston rus drama teatri
ARXIV FOTOSURATLAR
1947-yilda “Siyosiy va ilmiy bilimlarni tarqatish bo‘yicha butunittifoq jamiyati” nomi ostida paydo bo‘lgan “Bilim” (“Znanie”) butunittifoq jamiyati targ‘ibot va ma’rifiy davlat dasturlarining siyosiy va ma’rifiy o‘сhog‘iga aylangan edi. Mazkur jamiyat sobiq ittifoq bo‘ylab keng tarmoq infratuzilmasiga ega edi: uning huzurida turli muassasalar, jumladan muzeylar, ko‘rgazma zallari, planetariylar, “ilmiy-texnik targ‘ibot uylari”, “ilmiy ateizm uylari” va ma’ruzalar zallari mavjud edi.
Toshkentdagi Bilimlar uyi 1968-yilda meʼmorlar Irina Demchinskaya (loyiha bosh meʼmori), Yuriy Miroshnichenko, Svetlana Shuvayevalar loyihasi boʻyicha qurilgan. To‘rt qavatli bino nisbatan kichik yer uchastkasiga to‘g‘ri keladi va o‘lchami atigi 24 x 42 metrni tashkil qiladi. Yarim yerto‘lada bosmaxona, ekspeditsiya, dizaynerlar ustaxonasi, 900 kishiga mo‘ljallangan shkaf, “chekish xonasi” va 60 o‘rinli bufet. Birinchi qavatda vestibyul, 100 o‘rinli kichik ma’ruzalar zali va foyesi, 20 o‘rinli o‘quv zaliga ega kutubxona va 25 – 30 ming jildga mo‘ljallangan ombor bo‘lgan, shuningdek, xizmat xonalari joylashgan. Ikkinchi qavatda asosiy foye va 850 oʻrinli katta maʼruzalar zali joylashgan boʻlib, u maʼruzalar, konsertlar, tomoshalar va filmlar namoyishi uchun moʻljallangan. Uchinchi qavatda 24 x 10 m o‘lchamdagi ko‘rgazma zali joylashgan edi.
Binoning o‘ziga xos xususiyati quyoshdan himoya qiluvchi panjara bo‘lib, u binoning tashqi qismi (fasadi)ga mahalliy xususiyatni berdi.
Ichki qismi rossiyalik mahobatli haykaltaroshlar Leonid Polishchuk va Svetlana Sherbinina tomonidan foyening uch qavatining devorlariga o‘rnatilgan katta hajmdagi qadama naqshlar bilan bezatilgan. Bu yerda birinchi marta jahon madaniyati tarixiga muhrlangan Markaziy Osiyo nomlari va asori-atiqalari to‘plangan maskan – o‘zbek rassomlari tomonidan 1970 – 2000-yillar davomida faol rivojlantirilgan syujet taqdim etilgan edi.
Bilimlar uyi barcha turdagi ma’ruzalar, kurslar va filmlar namoyishini o‘tkazish uchun jadal ravishda foydalanilgan. Sobiq ittifoq davrida boʻm-boʻsh boʻlgan, byudjetga misli koʻrilmagan mablagʻ sarflagan “Xalqlar doʻstligi” saroyi bilan solishtirganda (me’morlar jamoatchiligining norasmiy uchrasuvidagi suhbatlariga koʻra 200 marta) “Bilimlar uyi” me’morchilik samaradorligining yaqqol namunasu sifatida koʻrinar edi.
Akademik rus drama teatri uchun yangi bino qurish loyihasi “Turkiston” kino-konsert majmuasi qurilishiga aylanganligi sababli, davlat teatr truppasini avvalroq teatr ehtiyojlari uchun oʻzgartirib, “Bilimlar uyi”ga koʻchirishga qaror qilgan edi. 2001-yilda bino to‘liq miqyosda rekonstruksiya qilindi, buning natijasida binoning asl tashqi qiyofasi ham, ichki ko‘rinishi ham, shu jumladan qadama naqshlar ham yo‘qotildi. Shunday qilib, bugungi kunda 1960-yillardagi Toshkent me’morchiligining ajoyib yodgorligi butunlay yo‘qolgan deb hisoblash mumkin.
Matn “Alerte Hуritage” xalqaro observatoriyasi tomonidan “O‘zbekiston me‘morchiligi: qora va qizil kitob” loyihasi uchun tayyorlangan material asosida moslashtirildi.
Zamonaviy suratlar