TASHKENT MODERNISM. INDEX

Toshkent univermagi

Me'morlar:

Leonid Blat, Leonid Komissar, Aleksandr Freytag

Qurilish davri: 1964

Tarixiy nomi: MUM

Manzil: Islom Karimov ko‘chasi 17-uy

Maqom: unprotected

MUM Toshkentdagi birinchi modernistik binolardan biri bo‘lib, bu baynalmilal uslubning yorqin namoyon bo‘lishi “iliqlik davri”ga xos bo‘lgan savdo va iste’molga yangi yondashuvni aks ettirdi.

ARXIV FOTOSURATLAR

Toshkent univermagi
Toshkent univermagi

1960-yillarning boshidan boshlab, savdo islohotidan keyin va G‘arb supermarket modeli ta’sirida sobiq ittifoq bo‘ylab yangi savdo markazlari va univermaglar qurila boshlandi. Savdo maydonlarining me’morchligi Stalindan keyingi shakllardan uzoqlashdi va qat’iy modernistik xususiyatlarga ega bo‘ldi.

1964-yilda ochilgan Toshkent markaziy univermagi binosi davrning yangi ideallarini eng yaxshi o‘zida mujassam etdi. Le Corbuzening g‘oyalariga amal qilgan holda, me’morlar Leonid Blat, Leonid Komissar va Aleksandr Freytag ustunlar ostida sayr qilish uchun yo‘laklarni loyihalashtirdilar va tekis tomdan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgandilar. 1920-yillarda yangi turdagi do‘konlarni loyihalashda sho‘rolar tajribasining ta’siri ham sezilarli bo‘ldi, xususan, 1928-yilda aka-uka Vesninlar tomonidan qurilgan Krasnaya Presnyadagi “Mostorg” universal do‘koni. Toshkent markaziy univermagi ichki makoni va oynali tashqi qismi (fasadi)ning erkin tashkil etilishi bilan ushbu obyektga o‘xshab ketadi.

1960-yillar davomida MUM yangi savdo texnologiyalari laboratoriyasi bo‘lib qoldi: shaharning birinchi eskalatorlari shu yerda paydo bo‘ldi, radio reklama yangi mahsulotlar va ularning turlarini e’lon qilib bordi va mijozlarga savdo maydonchalaridagi peshtaxtalardan bepul foydalanish imkoniyati berildi. Xizmat ko‘rsatish byurosi, buyurtmalarni qabul qilish, tovarlarni qadoqlash xizmati, sotuvga qo‘yilgan modellar namoyishi uchun supa (podium)ga ega ko‘rgazma zali, 200 o‘rinli oshxona, binoning tomida esa “Veterok” kafesi mavjud edi. 1967-yilga kelib, univermagda 1100 kishi ishlagan.

Markaziy univermagning ichki makoni ikkita: T. Shomirzayevning “Yoshlik” va D.Yusupovning “Qo‘shiq” nomli sopoldan ishlangan devoriy bezak bilan bezatilgan. Birinchi qavatdagi ko‘chadan ko‘rish mumkin bo‘lgan shisha vitrinalar dizayniga ham e’tibor qaratilgan.

1980-yillarning boshlarida “milliy meʼmorchilik” izlanishlari ortidan Markaziy univermag Toshkentdagi boshqa ilk modernistik binolar qatori anʼanaviy hunarmandchilikdan foydalangan holda katta hajmda bezatildi. Mumkin bo‘lgan joylarda uning tekisliklari va hajmlari ganchkorlik bezaklari bilan qoplangan.

1990 – 2000-yillarda univermag binosi yangi oʻzgarishlarga uchradi. Binoning tashqi qism (fasad)lari alyuminiy kompozit panellar va rangli oynalar bilan qoplandi. Biroq, bu o‘zgarishlar qismatli emas edi: zarur holatda, asl qoplama va oynalarni tiklash mumkin. Univermagning ichki makonida ko‘plab zinapoyalar, pollar, tik panjaralar kabi asl unsurlar saqlab qolingan.

Zamonaviy suratlar

Toshkent univermagi
Toshkent univermagi