TASHKENT MODERNISM. INDEX

“O‘zbekiston” mehmonxonasi

Me'morlar:

Ilya Merport (GAP), Vyacheslav Roshupkin, Lyudmila Yershova

Qurilish davri: 1974

Manzil: Maxtumquli ko‘chasi 45-uy

Maqom: unprotected

“O‘zbekiston” mehmonxonasi ko‘p yillar davomida Toshkentning o‘ziga xos rasmiy belgisi bo‘lib kelgan: ilgari aynan shu yerda shahar xorijiy mehmonlarining asosiy qismi to‘xtab o‘tishgan. Mazkur bino Amir Temur maydoni ortidan/ustidan yuqoriga bo‘y cho‘zgan holda poytaxtning modernistik gerbi rolini o‘ynashda davom etmoqda.

ARXIV FOTOSURATLAR

“O‘zbekiston” mehmonxonasi
“O‘zbekiston” mehmonxonasi

Toshkentdagi mehmonxona biznesi har doim shaharning sobiq ittifoqdagi va jahondagi rolini aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lib xizmat qilgan. 1950 – 60-yillarda, Stalin vafotidan soʻng, mamlakat tashqi sayyohlik uchun faol ochildi, Toshkent esa mustamlakachilik tuzumi parchalanganidan keyin “Sovet Sharqi” hayotini oʻz koʻzlari bilan koʻrishga intilgan rivojlanayotgan mamlakatlar delegatsiyalari uchun diqqatga sazovor markazga aylandi. Mavjud mehmonxonalar zamon talablariga javob bermay qolib, 1963-yilda yangi, ko‘lami bo‘yicha yirik “O‘zbekiston” mehmonxonasini loyihalash boshlandi.

Dastlab, temir-betondan 20 qavatli bino qurish rejalashtirilgan edi, ammo 1966-yilgi zilziladan keyin me’morlar va quruvchilar ehtiyotkorlik qilishdi: ular 17 qavat bilan cheklanib, ishonchli po‘lat konstruktsiyalarni tanladilar. Asosiy baland blok uchta nisbatan avtonom qismga bo‘lingan va seysmik tikuvlar bilan tikilgan. Unga tutash ikki qavatli bino bo‘lib, unda restoran bloki, oshxona, kommunal xonalar va kafe mavjud edi. Ikki qavatli qismning rejasida galereyali hovli – yozgi ayvon ustunlik qildi. Uning atrofida 450 o‘rinli restoran, 250 o‘rinli kafe, 40 o‘rinli ekspress kafe, 100 o‘rinli banket zali va 100 o‘rinli bar bor edi. Hovlida hovuzlarning suv sathi ustida choyxona ham bo‘lgan.

Mehmonxona 1974-yilda foydalanishga topshirildi. Rejadagi 750 o‘rin o‘rniga uning sig‘imi 930 o‘ringa oshirildi. Mehmonxonaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri binoning g‘arbiy tomoni (fasad)da quyoshdan himoya qiluvchi beton panjara edi. Ikki qavatli majmuaga suzish havzasi qo‘shilib, uning ustida esa yorqin qurilmaga o‘rnatilgan ajoyib soyabon qad ko‘tarib turgan.

Mehmonxonani loyihalash va qurislihning so‘nggi bosqichi texnikaning turfa xilligi, vositalar va ifodalash usullari bilan ajralib turuvchi devoriy suratlar va naqshli koshinlardan to surat solingan oynalar hamda ganch o‘ymakorligigacha bo‘lgan mahobatli san’atdam faol foydalanish bilan tavsiflanadi. Afsuski, 1990 – 2010-yillarda amalga oshirilgan rekonstruksiya jarayonida bu sanʼat asarlarining aksariyati yoʻqolib ketdi.

Qurilish tugallangandan so‘ng, “O‘zbekiston” mehmonxonasi Toshkentga kelgan xorijlik mehmonlarning asosiy qismini qabul qiluvchi “Inturist” kompaniyasining asosiy maskaniga aylandi. Ayniqsa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivali, O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan boshqa xalqaro forum va anjumanlar davomida gavjum bo‘ldi.

Bugungi kunda mehmonxona dizayni va tuzilmasining ko‘plab unsurlari yo‘qolganini aytishimiz mumkin. Hovuzli binoning bir qismi buzib tashlandi. Ikki qavatli oziq-ovqatlar uchun mo‘ljallangan hudud sezilarli darajada qayta qurildi, bu esa mehmonxonaning hovlisidan mahrum bo‘lishiga olib keldi. Mehmonxonaga kiraverish qismi (lobbi) to‘rtta ustunda o‘rnatilgan gumbaz bilan to‘ldirilib, yangi kirish maydoni bilan to‘ldirildi. Baland qurilma ostidagi bo‘shliq qisman yangi vestibyul bilan qurshab olindi. Bino qabulxonasi va restoran hamda kafening ichki bezaklari 2000 – 2010-yillarning eklektik uslubida deyarli to‘liq qayta qurildi va faqat bir nechta mehmonxona qavatlari asl bezak xususiyatlarini saqlab qoldi. Biroq, binoning yuqori qavat qismining tashqi ko‘rinish (fasad)lari o‘zining asl qiyofasi saqlab qolingan va shaharsozlik jihatidan bino Toshkentning modernistik timsollaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Zamonaviy suratlar

“O‘zbekiston” mehmonxonasi
“O‘zbekiston” mehmonxonasi
“O‘zbekiston” mehmonxonasi
“O‘zbekiston” mehmonxonasi
“O‘zbekiston” mehmonxonasi
“O‘zbekiston” mehmonxonasi
“O‘zbekiston” mehmonxonasi