TASHKENT MODERNISM. INDEX

O‘zbekiston kino san’ati saroyi

Me'morlar:

Sergo Sutyagin, Vladimir Berezin, Yuriy Xaldeyev, Dmitriy Shuvayev, Olga Legostaeva ishtirokida

Qurilish davri: 1964

Tarixiy nomi: “Panorama” kinoteatri

Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi 15-uy

Maqom: protected

Oʻzbekiston poytaxtining soʻzsiz meʼmoriy durdonasi boʻlgan “Panorama” kinoteatri toshkentlik meʼmorlarning “millatlararo yo‘l” konturlariga moslashib, chegarasiz kosmopolit dunyoga qoʻshilish istagining ramzi boʻlib qolmoqda.

ARXIV FOTOSURATLAR

O‘zbekiston kino san’ati saroyi
O‘zbekiston kino san’ati saroyi

“Panorama” kinoteatri nafaqat madaniy muassasa sifatida yaratilgan – bu uch turdagi binolarni birlashtirishi kerak bo‘lgan maxsus loyiha hisoblangandir. 2500 oʻrinli zal bir vaqtning oʻzida ilgʻor kinoteatr, simfonik orkestrlar uchun kontsert maydoni hamda partiya qurultoylari va konferentsiyalari uchun maydon vazifasini bajarishga mo‘ljallangan edi.

Dastlab, bino ikki ko‘lamni birlashtiradi: ikki qavatli foyening gorizontal parallelepipedi va asosiy zalning parabolik elkanli bostirmasi bilan elliptik tsilindr. Arxitektorlar kontrastli ta’sirga erishadilar: chiziqli vitrajli gorizontal blok butunlay shaffof edi, vertikal blok esa tarnov, ya’ni “nay” bilan ishlangan bo‘sh devorlar bilan ajralib turardi. Ikkinchisi Dorik ustunining kesilishi bilan vizual assotsiatsiya yaratadi. Umuman olganda, erish davri va kelajak tasvirlarini vujudga keltirgan so‘nggi sovet avlodi tomonidan yaratilgan binoning arxitekturasi futuristik iz qoldiradi.

Binoning g‘arbiy qismida xizmat ko‘rsatish zinapoyasini o‘rab turgan g‘isht devori me’morlar uchun alohida ahamiyatga ega edi. Devor tekisligi bir vaqtning ozida dekorativ va tasviriy bo‘lishi uchun aylana va uning hosilalari kabi modernistik tilning an’anaviy figuralari bilan bir qatorda gorizontal g‘isht ustida tugallanmagan uchli toq yotqizilgan. Ushbu devor tasvirlangan fotosuratning orqa tomonida Vladimir Berezin shunday deb yozadi: “Mahalliy arxaizmdan naqshli g‘isht devori fragmenti. O‘tmish, eski o‘z o‘rnini yangi arxitekturaga bo‘shatib beradi”. Kinoteatr 1964-yil oktyabr oyida o‘z eshiklarini ochadi. Ko‘p o‘tmay majmua san’at saroyi nomini oladi va 1968-yildan boshlab Osiyo va Afrika mamlakatlarini birlashtirgan Toshkent xalqaro kinofestivalining “markazi” bo‘ladi. Shuni ham aytish mumkinki, kinoteatr shaharning eng ko‘p tashrif buyuradigan binosiga aylanadi: har kuni bu erga kamida o‘n ming kishi tashrif buyurardi.

1973-yilda San’at saroyini rekonstruksiya qilish va unga Kichik zalni qo‘shish bo‘yicha loyihalash ishlari boshlanadi. Rejalashtirilgan qayta qurishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Kompartiyasining XIX s’yezdini o‘tkazish edi. Qayta qurish zamonning o‘zgaruvchan ruhini aks ettirdi: yo‘qolgan ildizlarni izlash, “unutilgan ajdodlar belgilariga” qiziqish, o‘tmishga sho‘ng‘ish va ularning aniq konturlari kelajakning beqaror va xiralashgan tasvirlaridan ustun kela boshladi.

Dastlabki binoning qayta ta’mirini Vladimir Berezin, Yuriy Xaldeev va Dmitriy Shuvaev bilan birga ishlagan arxitektor Sergo Sutyagin amalga oshiradi. Asl binoning modernistik plastik uslubini saqlab, u mavjud majmuaga o‘zining yangi ijodiy ustuvorliklarini aks ettiruvchi inshoot quradi.

Geometrik jihatdan, yangi bino eski bino bilan faqat foyening kengligi va yangi zalning janubga cho‘zilishi bilan farq qilar edi. Arxitektor yangi binoning sharqiy jabhasida qismlarning to‘liq yo‘qligi orqali materiallarning xilma-xilligi muammosini yumshatishga harakat qiladi: uning travertin devori 1960-yillarning to‘liq ikki qavatli foyesi uchun fon sifatida paydo bo‘ladi. Ichki qismida, aksincha, yangi va eski estetika bir-biriga kirib borayotgandek o‘z ma’nolarini saqlab va aralashmay sezilarli darajada to‘qnashadi.

Beton tsilindr va asl binoning shisha parallelepipedi kontrasti toshkentlik meʼmorlarning chegarasiz kosmopolit dunyoga qoʻshilish, “millatlararo yo‘l” konturlariga moslashish istagining ramzi boʻlib qoladi. San’at saroyining ikkinchi binosi yaqqol qarama-qarshilik edi: u universalizmni mintaqaviylikka, kontekstdan ajralishni undagi ildizlarga va kelajak orzularini metafizik meditatsiyaga qarama-qarshi qo‘yadi.

Qurilish 1976-yilda yakunlangan. Biroq qurultoy ochilishiga uch yarim oy qolganda kinoteatrda dahshatli yong‘in sodir bo‘ladi. Sovet hukumati binoni shoshilinch ta’mirlash uchun zarur mablag‘ ajratadi. Uch yarim oy davomida u yangi rekonstruksiyadan o‘tkaziladi va davomida shikastlangan kommunal tarmoqlar va jihozlar almashtiriladi, Vengriyada ishlab chiqarilgan yangi stullar o‘rnatiladi, pollar almashtiriladi va freskalar qayta yoziladi.

2000-yillarda inhshoot himoyalangan maqomga ega bo‘lishiga qaramay mulkdor tomonidan nazoratsiz rekonstruksiya qilinadi. Shu yillarda ikkinchi qavat foyesida to‘rtta qo‘shimcha zal, 1-qavat foyesi va yerto‘lada ham qo‘shimcha zallar paydo bo‘ladi. Saroy “O‘zbekkino” Milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazilgandan so‘ng yangi rekonstruksiya rejalari paydo bo‘ladi. Biroq, jamoatchilik harakatlari tufayli o‘z-o‘zidan vujudga kelgan qayta qurish harakatlari to‘xtatiladi.

Zamonaviy suratlar

O‘zbekiston kino san’ati saroyi
O‘zbekiston kino san’ati saroyi
O‘zbekiston kino san’ati saroyi
O‘zbekiston kino san’ati saroyi
O‘zbekiston kino san’ati saroyi
O‘zbekiston kino san’ati saroyi
O‘zbekiston kino san’ati saroyi