TASHKENT MODERNISM. INDEX

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali

Me'morlar:

Rafael Xayrutdinov, Farhod Tursunov

Qurilish davri: 1974

Tarixiy nomi: Rassomlar uyushmasi Koʻrgazmalar zali

Manzil: Sharof Rashidov ko‘chasi 40-uy

Maqom: protected

Rassomlar uyushmasining Ko‘rgazmalar zali “baynalmilal uslub” qoidalari (asketizmi) dan voz kechish va Brejnev davri O‘zbekiston me’morchiligida tarixiy iqtiboslarning qonuniy qurilma sifatida qaytarilishining yorqin namunasidir.

ARXIV FOTOSURATLAR

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali

1960-yillarning oxirida Oʻzbekiston poytaxtida badiiy koʻrgazmalar uchun maxsus xona qurish masalasi koʻtarila boshlandi. Vilnyusdagi Ko‘rgazmalar saroyi qurilishining yakunlanishi hamda Ashxobod va Minskda shunga o‘xshash majmualarni loyihalash bo‘yicha ishlarning boshlanishi Toshkentda ham xuddi shunday turdagi inshootni qurishga intilish uchun asos bo‘ldi.

Rassomlar uyushmasi Ko‘rgazmalar zali qurilishini toshkentlik me’mor Rafael Xayrutdinov o‘z zimmasiga oldi va uning loyihasi O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov tomonidan shaxsan ma’qullandi va qo‘llab-quvvatlandi.

Xayrutdinov ulkan zinapoyalarga ega keng platformaga o‘rnatilgan parallelepipedni loyihalashtirdi. U binoni birinchi qavat darajasida ochiq galereyasi boʻlgan arklar majmuasi bilan qamrab olgan, uning hammuallifi Farhod Tursunov esa arklarni paxta chanog‘iga o‘xshatib naqshlar bilan qoplagan. Arklar qatori inshootning asosiy ifodaviy unsuriga aylandi: islom me’morchiligiga xos geometriyaga ega bo‘lgan uchli kamarning yarmini tasvirlaydigan tekis unsurlarning buklangan tuzilishi sifatida ular bir-biriga yaqinlashmadi. Bunday ochiqlik yengillik va, hatto, postmodernistik o‘yin tuyg‘usini yaratdi.

Maydoni 224 kv.m bo‘lgan, kirish joyiga nisbatan bir necha pog‘onali ikki balandlikdagi zal ichki makonning asosiy xususiyati sifatida o‘ylab topilgan va haykaltaroshlikni namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. Asosiy ko‘rgazma maydonlari joylashgan ikkinchi qavatda uning atrofida tutashgan qator xonalar joylashtirilgan (1836 kv. m). Bo‘sh maydonda stendlarni istalgan holatda o‘rnatish imkoniyati mavjud bo‘lib, rang-tasvir va dekortiv-amaliy san’at asarlarini namoyish etish rejalashtirilgan edi.

Bo‘sh devorlari bo‘lgan binoda Xayrutdinov har bir xonada xolis (neytral) kunduzgi yorug‘likni yaratishga harakat qildi – u bunga tomga o‘rnatilgan ikki qatorli yorug‘lik yoritgichlari orqali erishdi. Ikki balandlikdagi atriumga kelsak, u dastlab o‘ylab topilgan 50 ta yoritgichlar orqali yoritilgan, bu binoning asosiy vizual va texnologik diqqatga sazovor joylaridan birini tashkil qiladi.

Yoritish bilan bir qatorda, tomdagi deraza (lyukarna)lar binoni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qildi: yoz kunlarida ochiq qoldirilib, ular Markaziy Osiyo an’anaviy me’morchiligi tomonidan ishlab chiqilgan ayvon usulini aylanib o‘tib, zalni pastdan yuqoriga tomon shamollatish uchun xizmat qilgan. Umuman olganda, binoda sun’iy shamollatish va muzlatish tizimi yo‘q edi. Arxitektorni qo‘llanilgan materiallar va rejalashtirish texnikasining tabiiy imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish istagi boshqargan. Soyalar o‘yinida ifodalangan estetik samaraga qo‘shimcha ravishda, arklar qatori bir-biriga burchak ostida joylashgan quyosh ekranlarini taqdim etdi. Asosiy termal yukni o‘ziga olib, arklar qatori uni ichkariga o‘tkazmaydi, chunki devor ikki qator devor sifatida ko‘zda tutilgan bo‘lib, qatlamlar orasidagi bo‘shliqlarda shamollatish uchun havo oqimi ham ta’minlangan.

Qurilish ishlari texnologiyasi va loyiha mazmunidagi jiddiy oʻzgarishlar 1974-yil 20-oktabr sobiq Oʻzbekiston SSR va respublika Kommunistik partiyasi tashkil topganligining 50 yilligiga bagʻishlangan Koʻrgazmalar zali ochilishi toʻgʻrisidagi mafkuraviy talabdan kelib chiqdi. Natijada, obyekt o‘z vaqtida topshirildi, ya'ni qurilish 27 oy o‘rniga 23 oyda yakunlandi. Tanlov komissiyasi ishlarning yuqori sifatini qayd etdi.

Vaqt o‘tishi bilan Ko‘rgazma zali bir nechta bezatish to‘lqinlarini boshdan kechirdi. Dastlab, 1970-yillarning oxirida uning ikki xil yorug‘likdagi atriumining devori ganch o‘ymakorligi bilan bezatilgan, keyin foyening kirish qismidagi shifti ganch qoplangan. 2000-yillarda allaqachon zinapoyalardagi oddiy yog‘och panjaralar geometrik naqshli bezaklar bilan almashtirildi. Boshqa o‘zgarishlar ham ro‘y berdi: ikkinchi qavatdagi ko‘rgazma maydonchalari ustidagi yuqori yorug‘ik yoritgichlari yopildi (hozir bu erda faqat sun’iy yorug‘lik qo‘llaniladi) va atrium chuqurchasi nol darajaga tenglashtirildi.

2000-2010-yillarda Rassomlar uyushmasi oʻrniga bino egasiga aylangan Badiiy akademiya piyodalar galereyasini qurish orqali oʻz maydonini kengaytirishga bir necha bor urinib koʻrdi.

Rafael Xayrutdinov vafotigacha (2015-yil) bu urinishlarga qarshi boʻlib, uning rejasi va koʻrinishini tubdan oʻzgartirmagan holda binoni yangi sharoitlarga moslashtirish rejalarini tuzishga harakat qildi. Ammo, binoda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga qaramay, deyarli yarim asr o‘tib Ko‘rgazmalar zali Toshkent modernizmining eng haqiqiy saqlanib qolgan yodgorliklaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Zamonaviy suratlar

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali