TASHKENT MODERNISM. INDEX

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Me'morlar:

Kims Nikuradze (me’mor), Evgeniy Ablin (mozaika muallifi)

Qurilish davri: 1977

Tarixiy nomi: Toshkent telemarkazi

Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi 69-uy

Maqom: unprotected

To‘liq abstrakt geometrik mozaikalar bilan qoplangan Toshkent telemarkazining keng ko‘lamli binosi shaharning eng ko‘zga ko‘ringan binolaridan biri bo‘lib, hatto “Panorama” kinoteatri kabi muhim me’moriy yodgorlik yaqinida ham nazardan tushib qolmagan.

ARXIV FOTOSURATLAR

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Toshkent telemarkazi uchun yangi bino qurish zarurati ham eski binoga zarar yetkazgan1966-yilgi zilzila, ham 1960-yillarda televidenie texnologiyasining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Shuningdek, ushbu davrda Sovet Ittifoqining yirik shaharlarida televizion markazlar faol ravishda qurilardi va rekonstruksiya qilinardi.

Yangi inshootda bitta apparat va studiya majmuasini (ASM) tashkil qilish uchun 1950-yillardagi bino yonida Stalin me’morchiligi namunasida barpo etishadi. Loyihani Kims Nikuradze boshchiligidagi Sovet Ittifoqi Aloqa vazirligining Davlat ittifoqi loyiha instituti jamoasi amalga oshiradi. Loyiha hajmi 930 055 m3 bo‘lgan 3-qavatli ASM binosini o‘z ichiga olgan bo‘lib, kelajakda unga qo‘shimcha, yordamchi blokli, sovutish moslamalari joylashgan va mavjud televizion markaz binolariga o‘tish galereyalari biriktirilishi rejalashtiriladi.

Loyihada mintaqaning iqlimi va yuqori seysmikligi hisobga olinadi. 1966-yilda panjaralar O‘zbekistonning modernistik arxitekturasida hali quyoshdan himoya qilishda asosiy vositaga aylanmagan edi va Telemarkaz arxitektorlari janubiy jabhani to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ajoyib chiqib ketuvchi qiya plitalarni eksperimental sinovdan o‘tkazadilar.

Biroq, jabhalar oddiy gipsdan qilinadi: devorlar notekis bo‘lib chiqadi va material faqat ularning bo‘lakli xarakterini ta’kidlaydi. Balki shuning uchundirki, shahar hokimiyati yangi Toshkent arxitekturasi uchun “Panorama” kinoteatri kabi muhim binoga tutashgan bino qiyofasini yaxshilash yo‘llarini izlay boshlagandir. 1973-yilda hokimiyat muralist Evgeniy Ablinga murojaat qilishadi, u butun devorni ritmik ravishda takrorlanadigan naqshli geometrik abstrakt mozaika bilan qoplashni taklif qiladi. Loyiha Toshkent arxitektura jamoatchiligida og‘ir tuyg‘ularni uyg‘otadi va ba’zilar buni juda radikal, deb o‘ylashadi. Ammo oxir-oqibat, rassom o‘z rejasini qabul qilishga hamda zamonaviy san’at vositalarini sindirilgan an’anaga ega bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi. U “abstraktsionizm” va “formalizm” uchun tanqidlar ostida qo‘lmaslik maqsadida o‘zining asosiy kvadratlarini majoziy hajmli qo‘shimchalar uchun asos qiladi.

Tashqi devorlarga qo‘shimcha ravishda, Ablin binoning asosiy uch yorug‘lik zalini ham loyihalashtirib, majmuaning bosh katta zinapoyasini mozaika bilan qoplaydigan ustunni ishlatadi. Zalning mozaikasi na rasmiy, na mazmunan jabhadagi mozaika bilan hech qanday bog‘liq emas edi. Zal abstrakt shakllarning hayoliy va deyarli syurreal manzarasini taqdim etadi, ammo aniq ko‘rinadigan “osmon” va “bulutlar” ga qarshi Joan Miro ruhidagi abstarkt elementlarga ega tog‘li shakllanishlar paydo bo‘ladi.

Majmua 1977-yilda foydalanishga topshiriladi. So‘nggi o‘n yilliklarda televidenie jadal rivojlanib, 2000-yillarning boshidan boshlab esa raqamli yozish va yoyin formatlariga tez o‘tgan bo‘lsa-da, binoning jabhalari va asosiy zallari, shuningdek, ko‘plab ish joylari, studiyalari va o‘tish joylari 1970-yillardagi binoning asl qiyofasini saqlab qoladi. Eng yangi qo‘shimchalar qatoriga g‘arbiy tomondan majmuaga biriktirilgan bir qavatli restoran va televidenie markazi hududini markazning yashil ko‘chasidan ajratib turuvchi panjara hamda “Panorama” kinoteatridan “Paxtakor” metro bekati sayr qilayotgan odamlar oqimi kiradi.

Zamonaviy suratlar

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi