TASHKENT MODERNISM. INDEX

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Me'morlar:

Yevgeniy Rozanov, Vsevolod Shestopalov

Qurilish davri: 1970

Tarixiy nomi: Lenin muzeyi

Manzil: Sharof Rashidov ko‘chasi 3-uy

Maqom: protected

Leninga deyarli diniy sigʻinish sharoitida yaratilgan ushbu muzey bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonining ramzi va tajribaviy muzeyshunoslik maydoni boʻlib ham xizmat qilgan. Uning me’morchiligida modernistik tilni tarixiy meros bilan uyg‘unlashtirishga urinish aks ettirilgan.

ARXIV FOTOSURATLAR

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Inqilob yetakchisi tavalludining 100 yilligi arafasida sobiq Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va respublika Hukumati Toshkentda V.I. Leninning markaziy muzeyi filialini qurish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Muzey sobiq ittifoq 1970-yil aprel oyida foydalanishga topshirishni rejalashtirgan eng muhim yubiley obyektlaridan biri edi. Bino Yevgeniy Rozanov va Vsevolod Shestopalov tomonidan ishlab chiqilgan va hayratlanarli darajada tez qurilgan. U innovatsion texnologik va estetik yechimlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, qurilishning yuqori sifati tufayli bugungi kungacha Toshkentdagi eng jozibali va yaxshi saqlangan modernizm yodgorliklaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Ko‘pgina modernizm uslubida qurilgan Lenin muzeylari baland supa (podium)da joylashgan “ma’budalar” sifatida yaratilgan bo‘lib, ularning asosiy “ziyoratgohi” o‘z makonida hukmronlik qiladigan rahbarning haykali bo‘lgan zal edi. Aytish mumkinki, ichki makonning turli darajalaridan ko‘rilgan haykalning o‘rnatilishi sho‘rolar me‘morlari tomonidan qadimgi yunon ibodatxonalari me’morchiligidan olingan.

Moskva yoki Ulyanovskdan farqli o‘laroq, Toshkent hech qanday tarzda Lenin hayoti bilan bog‘liq bo‘lmagan va odatda bunday muzeylarda namoyish etiladigan asl eksponatlarga ega emas edi. Shuning uchun, tashkil etilayotgan muassasa yangi muzeyshunoslik laboratoriyasiga aylanishi kerak edi. Sobiq O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi Sharof Rashidovning so‘zlariga ko‘ra, muzey “O‘zbekiston zaminida va sho‘rolar Sharqining barcha respublikalarida Lenin vasiyatlarining amalga oshirilishini” namoyish etishga e’tibor qaratishi kerak edi.

Muzey ekspozitsiyasining asosiy eksponati muzey binosining o‘zi edi. U sobiq sho‘rolar O‘zbekistonining timsoli sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, u loyihadan nafaqat texnik yangiliklarni, balki estetik o‘ziga xoslikni ham talab qiladi, bu birgalikda Lenin siyosatining ijtimoiy va madaniy samarasini ko‘rsatadi. Muzeyning me’moriy ko‘rinishining o‘ziga xos xususiyati quyoshdan himoya qiluvchi panjaralar bo‘lib, unda mualliflarning o‘ziga xos milliy tuzilma yaratish istagini o‘qish mumkin edi.

Yirik marmardan ishlangan qarama-qarshi tomonlari o‘zaro parallel va teng ko‘rinishdagi mazkur bini havoda muallaq turganga o‘xshaydi: uning ko‘rinadigan tayanchi faqat chuqurlashtirilgan shisha foye edi. O‘sha paytda sobiq ittifoq uchun misli ko‘rilmagan sovutish va havoni avtomatik qayta taqsimlash tizimi ta’minlangan bino ichida tabiat qonunlari ko‘zda tutulgan edi.

Albatta, Lenin muzeyi kabi g‘oyaviy yo‘naltirilgan binoda me’morlar Leninning olti metrli haykali hamda kolxozchilar, ishchilar va ziyolilarining inqilobiy o‘tmishi va zamonaviy mehnatini aks ettiruvchi koshinkor naqshli katta hajmli ishlarsiz bajara olmas edilar.

Sobiq ittifoq parchalanganidan keyin Lenin muzeyi deyarli o‘zgarmagan holda Tarix muzeyiga aylantirildi. Muzeydagi Lenin haykali va qadama naqshli devoriy surat olib tashlandi va tez orada “Abadiyat soati” devoriy surat bilan almashtirildi. Unda buyuk sarkarda Temur, shoir Alisher Navoiy, astronom Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Mo‘g‘ullar sulolasining asoschisi va solnomachisi Bobur hamda boshqa ko‘plab Markaziy Osiyo tarixining eng muhim qahramonlari, shuningdek, muhim yodgorliklari va diniy timsollari tasvirlangan. Devoriy suratning yakuniy holatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham tasvirlangan. Biroq, qasamyod marosimidan yetti yil o‘tib, Hukumat qarori bilan devoriy surat o‘chirilib tashlandi hamda uning o‘rnida realistik tarzda chizilgan va oltin baget ramkasi bilan chegaralangan manzara paydo bo‘ldi.

Kiritilgan oʻzgarishlarga qaramay, bino oʻzining asl xususiyatlarini yaxshi saqlab qolgan va 1960 – 1980-yillardagi Toshkent meʼmorchiligining eng muhim yodgorliklaridan biri boʻlib qolmoqda, shuningdek, modernistik til va tarixiy meros oʻrtasidagi aloqadorlikni izlashda uning tadrijiy rivojlanishida muhim bosqichni aka ettirgan.

Zamonaviy suratlar

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi